🗓 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar
Joriy yilning 29-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Milliy bogʻ koʻchasi 7-uyda joylashgan Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga qarashli Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi binosida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sultonov Ayubxon Orifxon oʻgʻli boshchiligida raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul yigʻilishi oʻtkaziladi. Sizni mazkur sayyor qabulga taklif etamiz!
️ ⚡️Yig’ilishda quyidagi masalalar yuzasidan oʻz savollaringizga javob olishingiz mumkin:
🫥Internet xizmati;
🫥 Mobil aloqa;
🫥Telekommunikatsiya;
🫥 Pochta xizmati;
🫥AT ta’lim va AT yo‘nalishidagi o’quv markazlari faoliyati;
🫥 IT Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
🫥 AT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
🫥 Sun’iy intellekt.
🤔 Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza, takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
📍 Sayyor qabul manzili
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X